«kirish imtihonlari» tegli maqolalar


Video, foto: OTMlarga kirish test sinovlari
1 avgust 2023, 13:47

Video, foto: OTMlarga kirish test sinovlari

1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi. Video, foto.

O‘zbekistonda abituriyentlarga imtihondan so‘ng universitet va o‘qish shaklini tanlashga ruxsat beriladi
4 iyul 2023, 11:23

O‘zbekistonda abituriyentlarga imtihondan so‘ng universitet va o‘qish shaklini tanlashga ruxsat beriladi

2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi. Bunda abituriyentlarga to‘plagan balidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, akademik litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilinadi.

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?
17 iyun 2022, 16:53 2

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, ayrimlaridan voz kechilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» kimlar qanday imtiyozlarga egaligi bo‘yicha ma’lumotlarni bir materialga jamladi. Ularning orasida zulfiyachilardan tortib, harbiy xizmatchilargacha bor.

6-sinfdan a’lo bahoga o‘qiganlarga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berilishi mumkin (aniqlashtirildi)
11 avgust 2021, 19:34 2

6-sinfdan a’lo bahoga o‘qiganlarga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berilishi mumkin (aniqlashtirildi)

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. «Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?», — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.

Kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi
25 iyun 2021, 11:35

Kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi

Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.

Nostandart testlar
5 yanvar 2021, 09:53

Nostandart testlar

OTMga kirish testlari va abituriyentlarning bilimlarini baholash xizmatlari sifatini oshirish yo‘llaridan biri — sohani monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish bo‘lishi mumkin. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov mavjud test tashkiloti va u o‘tkazadigan testlar standartlari va sifati borasida fikr yuritadi.

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi
5 oktabr 2020, 12:23

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi

OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi. Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari uchun qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilmoqda.

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilishiga doir yakuniy ma’lumotlar e’lon qilindi
15 sentabr 2020, 12:41

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilishiga doir yakuniy ma’lumotlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlari e’lon qilindi. Imtihonlarda 1,2 mln nafar (95,1%) abituriyent qatnashdi. 63 ming nafari esa kelmagan, 1187 nafari esa test sinovlaridan chetlashtirilgan. 90 nafar abituriyentda tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi
20 avgust 2020, 19:55

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

«Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti («MISiS») Olmaliq filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi
19 avgust 2020, 14:04

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 65 ta joyda bo‘lib o‘tadi. Toshkentda imtihonlar uchun «Paxtakor» stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi xiyoboni, «Ashxobod» sayilgohi va Botanika bog‘i tanlandi. Bu yil abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari tashkil etilmaydi.

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi
7 avgust 2020, 18:13

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting